
- 11
- 19.09.2025 13:33:00
- 1 daq o'qish
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga mehnat migrantlari uchun patent tizimini bekor qilish taklif qilindi. Bu tashabbusni “Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun” partiyasi rahbari Sergey Mironov ilgari surdi. Putin masalani ko‘rib chiqishini aytib, migratsiya rossiyaliklar uchun nozik mavzu ekanini ta’kidladi. Hozir patent migrantlarga ishlash uchun ruxsatnoma bo‘lib xizmat qiladi. Uni 30 kun ichida rasmiylashtirish, hujjatlar topshirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va har oy oldindan soliq to‘lash talab etiladi. 2025-yildan Moskvada patent uchun oylik to‘lov 8900 rublni tashkil etadi.