
- 0
- 16.04.2025 12:58:00
- 1 daq o'qish
Germaniyada o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ayollar yiliga o‘rtacha 64 marta ko‘z yoshi to‘kishar ekan. Bu degani, ayol kishi umrining taxminan 16 oyini yig‘lashga sarflaydi. Erkaklarda esa bu ko‘rsatkich ancha past - yiliga atigi 17 marta. Tadqiqot ko‘z salomatligi sohasida faoliyat yurituvchi “Bausch & Lomb” kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan. Albatta, har kim o‘z his-tuyg‘ularini turlicha ifodalaydi.