Kosmosga sayohat qilgan ayollar

Kosmosga sayohat qilgan ayollar
  • 0
  • 16.04.2025 12:00:00
  • 1 daq o'qish

Milliarder Jeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi ayollardan iborat ekipajni kosmosga uchirdi. Ekipaj tarkibidan mashhur qo‘shiqchi Keti Perri, jurnalist va Blue Origin kompaniyasi egasi Jeff Bezosning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Loren Sanches, inson huquqlari faoli Amanda Nguyen, aerokosmik muhandis Aysha Bou, kinoprodyuser Kerienn Flinn, CBS News radioboshlovchisi Geyl King o‘rin olgan. 

11 daqiqa davom etgan parvozdan so‘ng,  kosmonavtlar yerga qaytishdi. Keti Perri yerga qaytgach ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi va yerni o‘pib, chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News