Shimoliy Koreyada ayollarga mashina haydashga ruxsat berildi

Shimoliy Koreyada ayollarga mashina haydashga ruxsat berildi
  • 0
  • 04.08.2025 11:06:00
  • 1 daq o'qish

Shimoliy Koreyada ilk bor ayollar avtomaktablarga qabul qilinmoqda. Avval ular faqat yo‘l harakatini tartibga solishga ruxsat etilgan bo‘lsa, mashina haydash taqiqlangan edi.

Daily NK nashrining xabar berishicha, hozirda ayrim avtomaktablar Sotsialistik ayollar ittifoqi tavsiyasi asosida ayollarni o‘qitishni boshlagan. Biroq haydovchilik guvohnomasini olish uchun navbat 18 oygacha cho‘zilishi mumkin.

Rasmiy bayonot berilmagan bo‘lsa-da, bu o‘zgarishlar Shimoliy Koreyada Kim Chen In davridagi ijtimoiy-siyosiy ochiqlikning ehtiyotkor ishorasi sifatida baholanmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News