YPX xodimini kaltaklagan ayollar

  • 1
  • 02.05.2025 13:03:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh ayollar YPX inspektorini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Holat 1-may kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida sodir bo‘lgan bo‘lib, Lacetti avtomashina haydovchisi qarama-qarshi bo‘lakda harakatlangani uchun YPX xodimi avtomashinani to‘xtatib, haydovchidan tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qilgan. Biroq, haydovchi YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan qarindosh urug‘lari bilan birga qarshilik ko‘rsatib, YPX xodimiga tashlangan. 
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 3 nafar gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News