7 oyda 25 erkakka tegib, ularni “uxlatib” ketgan ayol

  • 0
  • 22.05.2025 10:56:00
  • 1 daq o'qish

Hindistonda 7 oy ichida 25 erkak bilan soxta nikoh tuzib, ularni tunab ketgan 23 yoshli ayol hibsga olindi. Ayol turli shtatlarda erkaklar bilan turmush qurib, bir necha kundan keyin pullar, tillalar va elektronika buyumlarini olib, qochib ketavergan. Uning faoliyati 3-may kuni Vishnu Sharma ismli fuqaroning arizasidan keyin fosh etilgan. Ayol unga 20-aprel kuni turmushga chiqqan va 2-may kuni erkakni tunab ketgan. 

Aniqlanishicha, ayol haqiqiy eri bilan ajrashganidan keyin boshqa shaharga ko‘chib o‘tgan va jinoiy to‘daga qo‘shilib, ushbu faoliyatini boshlagan. Uni politsiyachilardan biri yashirincha navbatdagi kuyov rolini o‘ynab, qo‘lga olgan.

Hozirda politsiya ushbu firibgarlik sxemasiga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash va jabrlanganlarni aniqlash bo‘yicha tergov ishlarini davom ettirmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News