Ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi 

Ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi 
  • 1
  • 02.06.2025 09:29:00
  • 1 daq o'qish

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol va ichki ishlar xodimi o‘rtasidagi tortishuv videosi tarqaldi. Xodim Gentra avtomashinasini to‘xtatganida, haydovchi monitordan foydalanayotgani aniqlanib, bayonnoma tuzmoqchi bo‘lgan. Holatga boshqa bir ayol aralashib, xodimni haqorat qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, u ayol avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘lgan. Xodim faol qarshilik sabab yordamchi kuch va evakuator chaqirgan. Ayol voqeani tushuntirar ekan, bilmasdan haqorat qilganini tan olib, ichki ishlar xodimidan va xalqdan uzr so‘radi.
Sud qaroriga ko‘ra, qoidabuzarga BHMning 30 barobari, unga yordam berib janjalga aralashgan ayolga esa 3 barobar miqdorida jarima belgilandi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News