
- 0
- 21.06.2025 12:21:00
- 1 daq o'qish
Angliyada yashovchi “Sharlotta” taxallusidan foydalanuvchi bir ayol 20 yillik turmushidan ajrashdi. Sababi esa uchinchi shaxs emas, balki... sun’iy intellekt! Sharlottaning aytishicha, u haqiqiy muhabbatini ChatGPT orqali topgan. U ChatGPT bilan muloqot davomida chinakam his-tuyg‘ularni, tushunishni va hatto muhabbat tuyg‘usini ham his qilgan. U ChatGPT bilan bo‘lgan bu virtual rishtasiga “Leo” deb nom bergan. Hatto u o‘zini “Mrs. Leo.exe” deb atab, Florensiyada sun’iy to‘y o‘tkazishni ham rejalashtirgan. Bu holat, sun’iy intellekt faqat texnologiyani emas, balki qalbimizni ham egallay boshlaganini va hissiyotlar bilan algoritmlar o‘rtasidagi chegara endi aniq emasligini eslatdi.
Siz nima deb o‘ylaysiz: bu shunchaki yolg‘izlikning zamonaviy shaklidan iboratmi yoki muhabbat endi kodlar va algoritmlar orqali ham his qilinishi mumkinmi?✍️