Sirdaryoda o‘qituvchini kaltaklagan ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi

Sirdaryoda o‘qituvchini kaltaklagan ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi
  • 2
  • 17.02.2025 11:12:00
  • 1 daq o'qish

Avvalroq Sirdaryoda bir ayol dars payti o‘qituvchini urgani va keyinchalik qilmishi uchun uzr so‘rab chiqqani haqida xabar bergan edik. Holat bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli bandlariga ko‘ra ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Sudga viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasi tomonidan berilgan psixiatrik ekspertiza xulosasi taqdim etilgan. Ushbu ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ayol aqliy zaiflik yengil darajasi bilan xastalangan hamda huquqbuzarlikni sodir etgan vaqtda o‘z harakatlariga javob bera olmagan. Sud ayolga umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanishi yuzasidan hukm chiqargan va ayol shifoxonaga joylashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News