Samarqandda erini urgan ayol 4 yilga qamaldi

Samarqandda erini urgan ayol 4 yilga qamaldi
  • 0
  • 09.07.2025 11:02:00
  • 1 daq o'qish

 

Samarqandning Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi X.H. ismli ayol erining chap ko‘ziga tosh bilan urib, og‘ir tan jarohati yetkazgani uchun 4 yilga qamaldi.
Sud ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 11-yanvarda oilaviy janjal vaqtida u turmush o‘rtog‘ining umumiy mehnat qobiliyatining 35 foiz yo‘qolishiga sabab bo‘lgan. Sudda ayol eri ichkilikbozlik qilib, uni doimiy ravishda urishini, hech qayerda ishlamasligini, oilani tashvishlari faqat o‘ziga qolib ketganini, shu sababli ikkalasi doimiy janjallashib kelganini va shu kuni ham aynan shu uchun janjal bo‘lganini bildirgan. 
Ayol Jinoyat kodeksining 126-moddasi 7-qismi “j” bandi (oilaviy zo‘ravonlik) bo‘yicha aybli deb topilib, 4 ozodlikdan mahrum qilindi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News