Afg‘onistonda ayol 7 yil davomida molxonada saqlangan

Afg‘onistonda ayol 7 yil davomida molxonada saqlangan
  • 0
  • 15.07.2026 15:30:00
  • 1 daq o'qish

Afg‘onistonning Taxor viloyatida eri tomonidan 7 yil davomida molxonada zindonband qilingan ayol va uning o‘g‘li qutqarildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol yillar davomida tashqi dunyodan uzilgan holda yashagan, o‘g‘li esa bir yil avval uning yoniga tashlab ketilgan. Qo‘shnilarning xabari ortidan toliblar ayol va bolani ozod qilib, shifoxonaga joylashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonda fransiyalik ayol 12 yil davomida eri tomonidan uyda majburan saqlab kelingani haqida xabar bergan edik.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News