
- 0
- 25.09.2025 14:08:00
- 1 daq o'qish
Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi Salima Quldosheva tuman hokimi qarori tufayli oilasi uyidan ayrilgani haqida ochiq maktub qoldirdi. U maktubni hokim yaqinda ko‘chib o‘tgan konteyner devoriga yopishtirgan. Ayol maktubida onasi sarsonlikda vafot etgani, akasi hamon uy-joysiz ekani va oilaning 13 yildan beri uyiga qayta olmaganini yozgan. Tuman hokimligi bu murojaat yuzasidan ishchi guruh tuzilganini bildirdi. Quldosheva “Ayollar daftari”ga kiritilgan va unga amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda. Uning ukasini xorijdan qaytarish va ishga joylashtirish masalasi ham nazoratga olingan.