Ayol tug'ilgan kunini qamoqxonada nishonladi

Ayol tug'ilgan kunini qamoqxonada nishonladi
  • 6
  • 17.02.2025 11:02:00
  • 1 daq o'qish

AQShda qariyalar uyida yashovchi 104 yoshli ayol tug‘ilgan kunini qamoqxonada nishonladi. Ayol umrida hech qachon bunday joylarda bo‘lmagani uchun qamoqxonaga tushishni orzu qilishini aytgan. Jazoni ijro etish muassasasida Lorettaning barmoq izlari olindi, ekskursiya o‘tkazildi va bayram torti bilan mehmon qilindi. Tug‘ilgan kun sohibasi, shuningdek, kishanlarni ko‘zdan kechirib, sinab ko‘rdi, kameralarda, oshxonada, qo‘riqlash postlarida va dispetcherlik markazida bo‘ldi. Ayol bayramni politsiya xodimlari, jumladan xizmat iti bilan nishonladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News