Xitoy aeroportida oyoqlariga 58 ta tirik toshbaqani bog‘lab olgan ayol ushlandi

Xitoy aeroportida oyoqlariga 58 ta tirik toshbaqani bog‘lab olgan ayol ushlandi
  • 0
  • 28.05.2026 11:01:00
  • 1 daq o'qish

Gongkongdan Shenchjenga yo‘l olgan ayol bojxona nazoratida shubha uyg‘otgan. Tekshiruv vaqtida uning kiyimi ostidan oyoqlariga bog‘langan 58 ta tirik toshbaqa aniqlangan.

Mutaxassislar toshbaqalar yo‘qolib ketish xavfi ostidagi noyob turlarga mansubligini ma’lum qilgan. Jonivorlar maxsus tashkilotga topshirilgan, ayol esa hibsga olingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News