Sobiq erini qo‘rqitish uchun o‘z chaqalog‘ini urgan ayol

  • 8
  • 12.02.2025 10:56:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda ona o‘zining go‘dak farzandini urgani aks etgan videolar tarqaldi. Aniqlanishicha, holat 1 yil avval Surxondaryoda sodir bo‘lgan. Sariosiyo tumanida yashovchi 24 yoshli ayol 2024-yilning may oyida sobiq turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, bola uchun aliment va boshqa moddiy ta’minot bermagani uchun chaqaloq qizini urib video jo‘natgan va uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan. “O‘zim tuqqanman, o‘zim o‘ldiraman”, deyilgan chaqaloq videosi yuborilgan yozishmada.
Ushbu qilmishi uchun ayol Ma’muriy javobgalik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan huquqbuzarlik sodir qilgan deb topilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudi tomonidan uning javobgarligi masalasi hal etilgan.
Hozirda ayol sobiq turmush o‘rtog‘i va uning oila a’zolari bilan o‘zaro nizo vaziyatida bo‘lib, bu borada tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News