🐺 Surxondaryo ko‘chalarida izg‘ib yurgan bo‘rilar

  • 5
  • 16.12.2024 14:12:00
  • 1 daq o'qish

 

Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘rilar to‘dasi ko‘chalarda yugurib yurgani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, holat 7-dekabr kuni kechqurun Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi Zaynobod qishlog‘ida sodir bo‘lgan. 
Qayd etilishicha, Sariyosiy tumanining tog‘li va tog‘oldi hududlarida havoning sovuq davrida yovvoyi hayvonlar paydo bo‘lishi mumkin.
“Bunday vaziyatlarda aholidan vahimaga tushmasliklarini va yovvoyi hayvonlarga zarar yetkazmasliklarini so‘raymiz. Agar ular aholi gavjum joylarda paydo bo‘lsa, atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi yoki tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilishingizni so‘raymiz", - deyiladi viloyat IIB matbuot xizmati xabarida.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News