
- 7
- 04.06.2024 16:32:00
- 1 daq o'qish
Endi O‘zbekistonda tirik insonlar sharafiga monumental yodgorliklar o‘rnatish mumkin emas. Bu bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasida monumental yodgorliklarni o‘rnatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Qaror Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 1-iyundan kuchga kirdi.
Qarorga o‘rnatib bo‘lingan haykallarni nima qilish bo‘yicha hech qanday band kiritilmagan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda milliy estrada san’ati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.