Naqd pulda to‘lov qilgan yo‘lovchilar jarimaga tortiladimi

Naqd pulda to‘lov qilgan yo‘lovchilar jarimaga tortiladimi
  • 8
  • 09.01.2025 08:19:00
  • 1 daq o'qish

❗️ 4-yanvar kuni Transport nazorat inspeksiyasining poytaxt hududiy bo‘limi inspektori Salimjon Nishonboyev O‘zbekiston milliy axborot agentligi (O‘zA) ga bergan intervyusida poytaxt avtobuslarida naqd pulda to‘lov qilgan yo‘lovchilar 37,5 ming so‘m jarimaga tortilishini ma’lum qilgandi. Mas’ulning bu chiqishi tarmoqlarda turli e’tirozlarni keltirib chiqarganidan keyin Transport vazirligi buni rad etib, avtobuslarda chiptasiz yuradiganlar qonunchilikka asosan jarima to‘lashini aytdi. Ya’ni avtobusda chiptasiz harakatlanganlargagina 37,5 ming miqdorida jarimaga solinadi.

“Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar avtobus yo‘nalishlarida naqd pulda to‘lov qilgan yo‘lovchilar jarimaga tortilishi to‘g‘risida asossiz ma’lumotlar joylanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 144-moddasida yo‘lovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi — BHMning o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan”,– deyiladi Transport vazirligining rasmiy munosabatida.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News