Mo‘g‘uliston nega Putinni hibsga olishdan bosh tortdi?

Mo‘g‘uliston nega Putinni hibsga olishdan bosh tortdi?
  • 6
  • 04.09.2024 16:20:00
  • 1 daq o'qish

3-sentabr kuni Vladimir Putin Mo‘g‘ilistonga rasmiy tashrif bilan bordi. Xalqaro jinoiy sud 2023-yilda Rim statutini ratifikatsiya qilgan davlatlarda Putinni olishga order bergan. Mo‘g‘uliston esa Putinni hibsga olishdan bosh tortdi. Bu vaziyatga AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller mamlakatdagi vaziyatni tushunishni va AQSh uni qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

U Putinni hibsga olinmaganiga shunday izoh berdi. 
“Mo‘g‘uliston energetikaga qaram bo‘lib, neft mahsulotlarining 95 foizi va elektr energiyasining 20 foizdan ortig‘i qo‘shni davlatlardan import qilinadi. Bu ta’minot mo‘g‘ul xalqining yashashi uchun juda muhim”.

“Biz Mo‘g‘uliston o‘z majburiyatlariga rioya qilishini va BMT Nizomi tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashini kutamiz”, dedi Miller.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News