Sun’iy intellekt bo‘yicha yetakchi davlatlar qaysi?

Sun’iy intellekt bo‘yicha yetakchi davlatlar qaysi?
  • 0
  • 29.07.2025 08:23:00
  • 1 daq o'qish

Sun’iy intellekt sohasidagi global innovatsiyalar darajasini o‘lchash va mamlakatlarning ushbu sohadagi yetakchiligini aniqlash maqsadida Xitoy ilmiy va texnologik axborot instituti hamda Pekin universiteti hamkorlikda Global sun’iy intellekt innovatsiyalar indeksi hisobotini tuzdi. 100 ballik baholash tizimi doirasida AQSH 77,9 ball bilan yetakchi bo‘ldi. Kuchli uchlikdan esa Xitoy (58 ball) va Buyuk Britaniya (36,6) o‘rin oldi.
MDH davlatlar ichida faqatgina Rossiya 17,49 ball bilan 30-o‘rinni egalladi. Mazkur ro‘yxatga Markaziy Osiyoning bironta davlatlari kiritilmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News