Mbappening “Real Madrid”dagi daromadi qanday bo‘ladi?

Mbappening “Real Madrid”dagi daromadi qanday bo‘ladi?
  • 6
  • 17.05.2024 15:45:00
  • 1 daq o'qish

 

PSJ bilan xayrlashgan Kilian Mbappe faoliyatida “Real Madrid”da davom ettiradi. Hali rasman eʼlon qilinmagan bo‘lsa-da, 25 yoshli futbolchi kelasi mavsumdan qirollik o‘yinchisiga aylanadi. Sky Sports nashriga ko‘ra, tomonlar besh yillik shartnoma imzolaydi va Mbappe yiliga 15 million yevro miqdorida maosh oladi. Shuningdek, Madrid klubi Kilianga jamoa bilan shartnoma imzolagani bois maxsus bonus ajratadi. Bu summa 150 million yevroni tashkil etishi belgilangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News