Samarqanddagi uzr videosi orqasida nima bor?

Samarqanddagi uzr videosi orqasida nima bor?
  • 1
  • 05.05.2025 15:38:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, voyaga yetmagan bola qizning oyog‘iga bosh urib uzr so‘rayotgani aks etgan video yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi izoh berdi. Qayd etilishicha, holat 2024-yil aprel oyida Paxtachi tumanidagi 21-maktabda ro‘y bergan. O‘quvchi X.T. boshqa bir o‘quvchini haqorat qilgani sabab, maktab ma’muriyati uni onasi roziligi bilan uzr so‘rashga olib borgan. Holatni jabrlanuvchi o‘quvchining onasi videoga olgan. Hozirda tegishli shaxslarga nisbatan ma’muriy va intizomiy choralar ko‘rilgan. Holat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ham o‘rganilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News