Bugun Senatning yalpi majlisida qanday qonunlar ko‘riladi?

Bugun Senatning yalpi majlisida qanday qonunlar ko‘riladi?
  • 3
  • 01.06.2023 07:56:00
  • 1 daq o'qish

Majlis videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladi, bir qator qonunlarni muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Ular jumlasida quyidagi qonunlar bor:

  • «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»;
  • «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»;
  • «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»;
  • «Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»;
  • «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida»;
  • «Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»;
  • «O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida».

Shuningdek, senatorlar Markaziy bankning 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News