
- 1
- 26.06.2026 14:18:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Portugaliyaga qarshi o‘yinda Krishtianu Ronaldu bilan maydonda nimalar haqida gaplashganini aytdi. Bu haqda sport jurnalisti Davron Fayziyev ma’lum qildi.
Husanovning so‘zlariga ko‘ra, ular asosan o‘yin davomida yuzaga kelgan vaziyatlarni muhokama qilgan. Bekor qilingan gol epizodida esa qisqa bahs bo‘lgan: Ronaldu qoida buzilganini aytgan, Husanov esa Abbosbek Fayzullayev qo‘pol o‘yinchi emasligini ta’kidlagan.
Himoyachining aytishicha, barcha suhbatlar do‘stona ruhda o‘tgan.
Uchrashuv davomida Ronaldu va Husanov bir necha bor maydonning o‘zida muloqot qildi. Eng esda qolarli epizodlardan biri esa Ronaldu Husanovning yelkasiga qoqib, uni ruhan qo‘llab-quvvatlagani bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23-iyun kuni Hyustonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Portugaliya O‘zbekistonni 5:0 hisobida mag‘lub etgandi.