Parij Olimpiadasi medallari nimadan yasalgan? 

Parij Olimpiadasi medallari nimadan yasalgan? 
  • 10
  • 22.07.2024 15:23:00
  • 1 daq o'qish

Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olib va ​​sovrindorlariga beriladigan medallar nimadan tayyorlangani ma’lum bo‘ldi.

Medallar Eyfel minorasining ilgari ta’mirlash vaqtida olib tashlangan metall qoldiqlarini eritish natijasida yaratilgan.
Olti burchakli qismning o‘rtasida yozgi Olimpiya o‘yinlari logotipi va Olti burchakli Fransiya  xaritasi joylashgan. Medalning orqa tomonida yunon g‘alaba ma’budasi Nika, Afinadagi Akropol va Eyfel minorasi tasvirlangan.

Siz medallar haqiqiy oltin, kumushdan yasaladi, deb yurganmidingiz?

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News