
- 0
- 26.05.2025 16:00:00
- 1 daq o'qish
22-may kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida 3 kishi quduqdagi zaharli gaz oqibatida vafot etdi. Holat tumanning Do‘stlik mahallasida yashaydigan fuqaroning uyida yuz bergan. Aniqlanishicha, uy egasi sizot suvlar saqlanuvchi 5 metrlik quduqni tozalash maqsadida uning ichiga tushgan. Oqibatda quduqda to‘plangan zaharli gaz tufayli fuqaro vafot etgan. Uni qutqarish uchun ortidan tushgan o‘g‘li va qo‘shnisi ham voqea joyida jon bergan. Yana ikki kishi zaharli gaz oqibatida hushini yo‘qotgani sababli tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga joylashtirilgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.