
- 0
- 03.04.2025 14:59:00
- 1 daq o'qish
29-mart kuni San-Fransiskoda “Tort bo‘lmasa, kirish yo‘q” shiori ostidagi minglab odamlar ishtirokida tortlar piknigi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qatnashish uchun15 dollarga bilet sotib olasiz va asosiysi qo‘lingizda o‘zingiz pishirgan yoki sotib olgan pishiriq, tort bo‘lishi kerak.
Bu yilgi festivalda ishtirokchilar 1,387 ta turli tortlarni namoyish etishdi va ming xil ta’mni ta’tib ko‘rishdi.
Tadbir 2024-yil aprelida oddiy piknik sifatida boshlanib, hozirda mashhur festivalga aylangan.