- 6
- 23.06.2023 11:57:00
- 1 daq o'qish
🌶 Masalliqlar:
2 pachka lapsha;
1 dona sabzi;
1 dona qizil bulg‘or qalampir;
1 dona sariq bulg‘or qalampir;
1 dona yashil bulg‘or qalampir;
1 stakan brokkoli ;
1 dona sarimsoq;
2-3 osh qoshiq zaytun yog‘i;
100 ml soya sousi;
1 choy qoshiq murch;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
- Lapshalarni 10-12 daqiqa davomida qaynayotgan sho‘r suvda pishiring.
- Lapshalarni pishishidan sal oldinroq boshqa idishga oling.
- Tovaga zaytun yog‘i solib, sabzi, brokkoli va bulg‘or qalampirini navbat bilan qovuring.
- Sabzavotlaringiz biroz yumshagach, sabzavotlarga qaynatilgan lapsha qo‘shib, aralashtiramiz.
- Soya sousi, tuz va murch qo‘shib, yaxshilab aralashtiramiz va bir chetga qo‘yamiz.
- Uning, ichiga yangi to‘g‘ralgan piyoz qo‘shib, yana bir marta aralashtiramiz va dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha😋