Issiq kunlarda bizni sovitadigan turk oshxonasining ishtaha ochuvchi “Haydari” salati retseptini sizlarga taqdim etamiz. 🥶

  • 6
  • 16.05.2023 14:55:00
  • 1 daq o'qish

🧀Masalliqlar:

Qatiq 200 gr;
Brinza 50 gr;
2 dona sarimsoq;
4 osh qoshiq zaytun yog‘i;
1 choy qoshiq quritilgan yalpiz;
1 bog‘ shivit;
Maydalangan yong‘oq;
Ta’bga ko‘ra tuz;

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

- Kichik idishda zaytun yog‘ini qizdiring. Yong‘oq qo‘shing va 2 daqiqa davomida qovurib, sovush uchun qoldiring.
- Sarimsoqni maydalab to‘g‘rang. Pishloqni vilkalar bilan maydalab, shivitni to‘g‘rang. 
 - Barcha masalliqlarni aralashtirib idishga soling va ustiga yog‘ hamda maydalangan yong‘oq seeping.
- Sovuq holda yaqinlaringizga taqdim etishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha🤤

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News