
- 6
- 01.07.2026 12:05:00
- 1 daq o'qish
Masalliqlar:
500 ml 33 foizli yog‘li qaymoq
250 gr quyultirilgan sut
3 dona plitkali shokolad
2 choy qoshiq o‘simlik yog‘i
Tayyorlanishi:
Birinchi, plitkali shokolad suv bug‘ida eritilib, ozgina o‘simlik yog‘i qo‘shiladi va silliq massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Eritilgan shokolad plastik stakanlarning ichki devorlariga surtib chiqiladi. So‘ng, qotishi uchun muzlatkichga yuboriladi. Alohida idishda qaymoq va quyultirilgan sut mikser yordamida quyuq holga kelguncha ko‘pirtiriladi. Tayyor bo‘lgan massa shokoladli stakanlarga quyiladi. Keyin muzqaymoq tayoqchalari joylashtirilib, to‘liq qotguncha muzlatkichda muzlatib olinadi. Yaxshi muzlagandan so‘ng, ustidan yana bir qatlam eritilgan shokolad quyilib, yana muzlatishga yuboriladi. Dasturxonga tortishdan oldin plastik stakan ehtiyotkorlik bilan yechib olinadi. Mazali muzqaymog‘imiz tayyor!
Yoqimli ishtaha😋🥰