
- 4
- 13.11.2023 17:46:00
- 1 daq o'qish
11-noyabr kuni Saudiya Arabistonida o‘tgan Arab-islom davlatlari sammitida Gʻazo sektoridagi vaziyat muhokama qilindi. Bosh vazir Ar-Riyod sammitidagi chiqishida O‘zbekiston Falastin bilan birga ekanini yana bir bor ta’kidlab, musulmon davlatlarni Al-Aqso daxlsizligini saqlab qolishga chaqirdi.
Abdulla Aripov bu borada Gʻazo sektoriga insonparvarlik yordami ko‘rsatish uchun O‘zbekiston 1,5 mln dollar ajratgani, BMT Bosh assambleyasining Gʻazo sektorida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyusiyasiga 120 ta davlat qatorida O‘zbekiston ham yoqlab ovoz bergani, ikkita xalqaro sammitda O‘zbekiston prezidenti ushbu mojaroga to‘xtalib o‘tgani haqida eslatdi.
U, shuningdek barcha a’zolarni Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa tabarruk maskanlar daxlsizligini ta’minlash uchun imkoniyatlarini safarbar qilishga chaqirdi.