
- 0
- 14.06.2025 13:20:00
- 1 daq o'qish
Amerikaning nufuzli The Washington Post nashrining yozishicha, Isroilning razvedka xizmati – “Mossad” Eron hududida oldindan dronlar va raketalarni yashirincha joylashtirgan. Bu haqda nashrga ismini oshkor qilmagan yuqori lavozimli isroillik amaldor ma’lumot bergan.
🔻 Asosiy tafsilotlar:
• “Mossad” kamida bir necha oy oldin Eron ichkarisiga kontrabanda yo‘li bilan raketalar va portlovchi dronlar kiritgan;
• Bu dronlar va raketalar Tehron yaqinidagi harbiy bazalarga hujum qilish uchun mo‘ljallangan edi;
• Isroilning maxsus kuchlari ham Eronning havo mudofaa tizimlari yaqinida yuqori aniqlikdagi qurollarni o‘rnatgan;
• Hujum vaqtida, bu qurollar ishga tushirilgan va Eronning havo mudofaasi butunlay ishdan chiqqan.