
- 0
- 10.07.2025 13:10:00
- 1 daq o'qish
BMT Inson huquqlari kengashining Ishchi guruhi Gulnora Karimovaning 2014-yilda ordersiz hibsga olinganini va uning huquqlari buzilganini bildirgan edi. Unga ko‘ra, Karimova uzoq vaqt izolyatsiyada saqlangan, advokatlarga bosim bo‘lgan, suddan oldin himoyadan mahrum qilingan.
O‘zbekiston hukumati bunga javoban bayonot berib, BMT guruhi faqat bir tomonning ma’lumotlariga tayanib xulosa qilganini bildirib, Karimovaga nisbatan barcha jinoyat ishlari qonun doirasida va xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq ko‘rib chiqilgan. U soliq to‘lamaslik, firibgarlik, pul yuvish kabi og‘ir jinoyatlarda aybli deb topilgan. Sud qarorlari qonuniy dalillarga asoslangan, himoya huquqi esa ta’minlangan.
Shuningdek, O‘zbekiston hukumati xalqaro majburiyatlarga sodiqligini bildirgan.