“Yong‘oqli keks”

“Yong‘oqli keks”
  • 4
  • 16.10.2023 14:41:00
  • 1 daq o'qish

Yumshoqqina og‘izda eriydigan “Yong‘oqli keks” retseptini kutib oling.😇🥰

🥚Masalliqlar:

4 ta tuxum
250 gr shakar
250 gr yog‘
400 gr qatiq
300 gr un
200 gr yong‘oq
1 osh qoshiq razrixlitel
3 osh qoshiq kakao


👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

Ishimizni tuxum bilan shakarni ko‘pirtirib olishdan boshlaymiz.
So‘ngra qatiqqa razrixlitel solib, aralashma ustiga solamiz.
Keyin unni elab solib, yaxshilab aralashtiramiz.
Kakaoni solib, yana aralashtirib yong‘oqni qirg‘ichdan o‘tkazib aralashtiramiz.
Eng oxirida o‘simlik yog‘ini solib, aralashtiramiz.
Aralashmamizni qolibga solib, 220 gradus issiqlikdagi duxovkaga 45 daqiqaga qo‘yamiz. 
Tayyor bo‘lgach ustini shokolad va maydalangan yong‘oq bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha😋

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News