
- 0
- 03.06.2025 13:16:00
- 1 daq o'qish
Prezident tomonidan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshirilishi to‘g‘risida farmon imzolandi. Ushbu oshirish inflyatsiyadan past bo‘lmagan darajada amalga oshiriladi.
Bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov parlamentning Quyi palatasida qilgan chiqishida bu farmon yaqin soatlar ichida rasmiy e’lon qilinishini ma’lum qildi.
Mazkur qaror ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash va aholining daromadlarini oshirishga qaratilgan.