📢 “Tashabbusli byudjet”da ovoz berish yakunlandi

📢 “Tashabbusli byudjet”da ovoz berish yakunlandi
  • 0
  • 01.09.2025 12:44:00
  • 1 daq o'qish

“Tashabbusli byudjet”ning 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish jarayoni yakunlandi. Natijada umumiy qiymati 3,2 trln so‘mlik 2 332 ta loyiha g‘olib deb topildi. Loyihalar 15-iyuldan boshlab ro‘yxatga olinib, avgust oyida saralash, targ‘ibot va ovoz berish bosqichlari o‘tkazildi. Mamlakat bo‘ylab jami 11 milliondan ortiq ovoz berildi. Shuningdek, prezident qaroriga ko‘ra, 2026-yildan boshlab ijtimoiy loyihalarni aholining o‘z hissasi va davlat byudjeti hamkorligida moliyalashtirish tizimi joriy etiladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News