
- 0
- 14.06.2025 13:18:00
- 1 daq o'qish
Volkswagen AG va “O‘zavtosanoat” O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda IV Toshkent Xalqaro Investitsiya forumi doirasida ikki tomon o‘rtasida imzolangan yangi kelishuvda aytib o‘tildi.
Loyiha doirasida sedan va krossoverlar ishlab chiqariladi, ommaviy ishlab chiqarish 2025-yil oxirida boshlanishi rejalashtirilgan.
Volkswagen vakiliga ko‘ra, O‘zbekiston mintaqadagi eksport markaziga aylanishi mumkin. Mahalliylashtirish va texnologiya uzatish ham ko‘zda tutilgan.
Volkswagen 2019-yildan beri Jizzaxda Caddy va Skoda Kodiaq modellarini yig‘ib kelmoqda. Yangi bosqichda kompaniya Alyans Auto nomi ostida ishlaydi.