
- 8
- 29.04.2024 16:44:00
- 1 daq o'qish
Volkswagen va Volvo kompaniyalari o‘zbekistonliklarni ishga taklif etmoqda, oylik maosh 2400 yevrogacha
“Volkswagen” har oyda 240 nafar ishchini premium avtomobillarni ishlab chiqarish, kabel agregatlari, shassi va interyerni yig‘ish, montaj ishlari, diagnostika va avtomobillarni sinovdan o‘tkazish yo‘nalishida ishga qabul qiladi. Nomzodlar 18−45 yosh oralig‘ida bo‘lishlari, rus tilini kommunikativ darajada bilishlari kerak. Ish 3 smenada bo‘lib, oylik maoshi 1200−1600 yevroni tashkil etadi
“Volvo” kompaniyasi 150 nafar yuk mashinasi haydovchilarini ishga taklif etadi. Oylik maosh 1700−2400 yevro. Nomzodlar “C” va “E” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi va 18−45 yosh oralig‘ida bo‘lishlari, shuningdek, rus tilini kommunikativ darajada bilishlari kerak.
Ikkita kompaniya uchun nomzodlar ushbu havola (https://b24-vj197j.bitrix24.site/crm_form_2qj8b/) orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Batafsil ma’lumotlarni olish uchun Bandlik vazirligi (https://t.me/mehnatvazirligi/16632) yoki 71 205 05 00 raqamlariga murojaat qiling.