
- 5
- 27.05.2024 10:32:00
- 1 daq o'qish
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 26-may kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya prezidentini Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Tashrif 27-maygacha davom etadi. Oliy darajadagi muzokaralar davomida rahbarlar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi. Tashrif yakunida qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.