Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi
  • 0
  • 25.08.2025 08:52:00
  • 1 daq o'qish

 22-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga bordi. U Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan yuzma-yuz muzokara o‘tkazdi.   Shuningdek, hamkasblar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi haqida fikr almashishdi. Keyin esa, “Avaza” milliy turizm zonasida Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator aniq takliflarni bildirdi. Uch davlatning ulkan tranzit salohiyatini to‘liq ishga solish muhimligi qayd etildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News