O‘zbekiston va Qozog‘istonda viza talablari soddalashtirildi

O‘zbekiston va Qozog‘istonda viza talablari soddalashtirildi
  • 11
  • 28.03.2024 13:26:00
  • 1 daq o'qish

Endilikda Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolari bir-birining hududida 30 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lishlari mumkin. Bir tomon davlatining fuqarolari, doimiy yashash joyidan qat’i nazar, agar ularning bo‘lish muddati 30 kalendardan oshmasa, boshqa tomon davlati hududiga kirishi, chiqib ketishi, tranzit o‘tishi, harakatlanishi mumkin.

Agar fuqaroning ikkinchi tomon davlati hududida bo‘lish muddati 30 kalendar kundan ortiq bo‘lsa, bu fuqaro davlatning vakolatli organlaridan vaqtinchalik yashash (vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish) uchun ruxsatnoma olishi shart.

Oldin o‘zbekistonliklar Qozog‘iston hududida ro‘yxatdan o‘tmasdan 5 kungina turishi mumkin edi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News