Juda mazzali😋

Juda mazzali😋
  • 4
  • 01.07.2026 12:07:00
  • 1 daq o'qish

Masalliqlar:
500 gr mol go‘shti
1 osh qoshiq sariyog‘
3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
1 dona piyoz
biroz quritilgan kiyik o‘ti, ziravorlar va tuz
2 dona qovurilgan kartoshka
50 gr pishloq

Tayyorlanishi:
Avval mol go‘shti somoncha shaklida to‘g‘rab olinadi. So‘ng, to‘g‘ralgan go‘sht sariyog‘da qovuriladi. Go‘sht suvini biroz tortgach, mayda to‘g‘ralgan piyoz, quritilgan kiyik o‘ti, ziravorlar va tuz qo‘shiladi. Tovaning qopqog‘i yopilib, past olovda pishiriladi. Go‘sht yaxshi pishgandan keyin, qovurilgan kartoshka va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq solinadi. Pishloq erigach, taomimizni non orasiga solib, dasturxonga tortishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha🤗🥰

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News