
- 6
- 26.09.2026 11:34:00
- 1 daq o'qish
Masalliqlar:
900 gr mol go‘shti
6 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
4 dona bulg‘or qalampiri
1 dona qalampiri
2 dona sarimsoq
1 choy qoshiq tomat pastasi
1 dona piyoz
biroz qora murch, qizil maydalangan qalampir va tuz
1 stakan suv
Tayyorlanishi:
Avval to‘g‘ralgan go‘shtlarni qozonga solib, past olovda dimlab pishiramiz. Go‘sht yaxshi pishganidan so‘ng, barcha masalliqlarni navbatma-navbat qo‘shamiz.
Taomni past olovda, biroz suyuq holatda qolguncha pishiramiz. Oxirida qaynatilgan guruch bilan dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha🍽🍷