Vardanyan va Assakalov bronza medali uchun kurashadi

Vardanyan va Assakalov bronza medali uchun kurashadi
  • 7
  • 07.08.2024 15:42:00
  • 1 daq o'qish

Yunon-rum kurashchisi Aram Vardanyan bronza medali uchun o‘tish bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Sportchi bellashuvda jazoirlik Abdelkrim Oukalini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Endi u -77 kg vazn toifasining sovrindorlar qatoridan joy olish uchun armanistonlik Malxas Amoyan bilan bellashadi.

Yana bir “klassik” kurashchi Rustam Assakalov (-97 kg) ham kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi. Janubiy Koreya vakili Song Jun Kim bilan bellashgan o‘zbek sportchisi ajoyib g‘alabasi bilan Olimpiada medali sari yana bir qadam tashladi. Endi u bu yo‘lda kubalik Gabriel Kindelanga qarshi gilamga chiqadi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News