
- 20
- 14.09.2023 11:42:00
- 1 daq o'qish
Virjiniya shtati delegatlar palatasidagi hal qiluvchi o‘rin uchun kurashgan nomzod Syuzanna Gibson onlayn efirda eri bilan jinsiy xatti-harakatlarni amalga oshirgan va tomoshabinlardan “choychaqa” so‘ragani aks etga o‘nlab videolari tarqaldi. Hamshira va ikki nafar yosh bolani onasi bo‘lgan demokrat ayol buni “xayrli ish uchun pul yig‘ayotgani” bilan izohlagan.
Aniqlanishicha, 2022-yil sentabrida onlayn efirga uzatilgan videolar 40 yoshli ayolning shtat deputatligiga nomzodini qo‘ymoqchiligini ma’lum qilishi ortidan olingan.
Respublikachi raqibi The Washington Post’ni bu videolar haqida ogohlantirgani va kun muhokamasiga chiqishi ortidan 40 yoshli ayol ushbu holatni “shaxsiy hayotiga noqonuniy bostirib kirildi” deya baholamoqda.