
- 0
- 13.08.2025 14:55:00
- 1 daq o'qish
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Bolalar koʻp tarmoqli klinikasida 6 yoshli bemorning uch tabaqali klapani olib tashlab, uning oʻrniga yurakning oʻng boʻlmachasi quloqchasidan yangi klapan yasab oʻrnatildi.
Operatsiyani Buyuk Britaniyada tahsil olgan, rivojlangan davlatlarda malaka oshirgan va hozirgacha mingdan ortiq bolalarga yurak operatsiyasini muvaffaqiyatli bajargan bolalar kardiojarrohi Bobur Turayev oʻtkazdi. Bu murakkab amaliyot ilgʻor tibbiyot markazlarida bajariladigan operatsiyalar qatoriga kiradi va Oʻzbekistonda birinchi marta amalga oshirildi.