O‘zbekistonda bir qator poyezdlar harakati bekor qilinmoqda

O‘zbekistonda bir qator poyezdlar harakati bekor qilinmoqda
  • 2
  • 11.09.2023 12:04:00
  • 1 daq o'qish

13, 14, 15 sentabr kunlari qator poyezdlar harakati texnik sabablarga ko‘ra bekor qilinadi.

13, 14, 15 sentabr kunlari O‘zbekistonda bir qator yo‘lovchi poyezdlar harakati texnik sabablarga ko‘ra bekor qilinadi. 

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabariga ko‘ra, 13 sentabr kuni 4-sonli Toshkent-Qarshi yo‘nalishi, 14 sentabr kuni quyidagi yo‘nalishlarda poyezdlar harakatlanmaydi:

  • 3-sonli Qarshi-Toshkent;
  • 4-sonli Toshkent-Qarshi;
  • 80-sonli Toshkent-Termiz;
  • 79-sonli Termiz-Toshkent;
  • 682-sonli Qumqo‘rg‘on-Sariosiyo;
  • 681-sonli Sariosiyo-Qumqo‘rg‘on;
  • 16/15-sonli Toshkent-Qarshi-Toshkent.

15 sentabr kuni 3-sonli Qarshi-Toshkent yo‘nalishi bekor qilinadi.

Shu kunlarga sotilgan chiptalar summasi to‘liq qiymatda qaytariladi.

14 sentabr kuni 760-sonli Toshkent-Qarshi yo‘nalishida poyezd Toshkent bekatidan Samarqand, 759-sonli Qarshi-Toshkent yo‘nalishida esa Samarqand bekatidan Toshkent bekatigacha harakatlanadi.

Manba:Kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News