
- 3
- 28.03.2024 10:54:00
- 1 daq o'qish
Moskva viloyatida 22-mart kuni yuz bergan terakt sababli butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilgani munosabat bilan, Rossiyaga borayotgan, yashayotgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan yurtdoshlarimizdan hujjatlarini yonida olib yurish, jamoat joylarga sababsiz bormaslik, notanish yoki shubhali insonlar bilan muloqotga kirishmaslik, telefon va boshqa qurilmalarda taqiqlangan foto, audio va video materiallarni saqlamaslik kabi xavfsizlik tadbirlariga binoan harakatlanishni so‘raldi.
Shuningdek, Turkiyaga kelayotgan xorijliklarga ham, asosan 20-35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan qatʼiy tekshiruvlar amalga oshirilmoqda. Fuqarolarimizdan mahalliy qonunlarni hurmat qilib ularga toʻliq rioya etishlari so‘ralmoqda.