- 2
- 25.04.2025 14:00:00
- 1 daq o'qish
Dubayda o‘zbeklar ishtirokida pichoqbozlik bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. TIV bu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston diplomatlari Dubay jinoyat qidiruv boshqarmasi bilan uchrashib, holatni aniqlashtirdi. BAA tomoni 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinganini, tergov harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
So‘nggi vaqtlarda o‘zbekistonliklar tomonidan qonunbuzarliklar ko‘payayotgani vizasiz tartibga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.
TIV fuqarolarni xorijda sha’nimizga dog‘ tushiruvchi harakatlardan tiyilishga chaqirdi.