
- 1
- 22.03.2025 08:54:00
- 1 daq o'qish
Turkiyada namoyishlar avj olayotgani sababli, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni ehtiyotkorlikka chaqirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyot bo‘lish, namoyishlardan uzoq yurish, odam gavjum joylarga bormaslik tavsiya etildi. Favqulodda holatlarda Bosh konsulxona bilan bog‘lanish mumkin.
❗️Eslatib o’tamiz, 19-mart kuni Istanbul shahri meri, muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi vakili Akrom Imomo‘g‘li qo‘lga olingani ortidan Turkiya shaharlarida namoyishlar avj oldi.